Gor.uz Kundalik munajjimlar bashorati


  • РЕКЛАМА НА САЙТЕ
  • Bugun

    2026-08-26
    

    Qo'y 21.03-20.04

    Bugungi kunni odamlar davrasida o'tkazgan mayqul. G'ariblik va yolg'izlik eng mayqul holat bo'lmaydi, shuning uchun undan qochish imkoniyati bo'lsa, undan foydalangan mayqul.www.gor.uz

    Buzoq 21.04-21.05

    Siz, shubhasiz, yaratilishning gultojisiz, barcha jihatdan takrorlanmassiz. Bu bilan fahrlanishga arziydi, lekin insoniyatning qolgan deyarli har bir vakili ham shunday o'ylashga moyil ekanini unutmaslik kerak. Va ular ham bunga haqli. Bugun siz o'z ambitsiyalaringiz va kundalik majburiyatlaringiz o'rtasida murosa izlashingizga to'g'ri keladi.www.gor.uz

    Egizaklar 22.05-21.06

    Bugun sizni omadli tasodif kutib turadi. Lekin unga bag'ringizni keng ochib tashlanmang, u qo'rqib qochib ketishi mumkin. Alamli bo'ladi...www.gor.uz

    Qisqichbaqa 22.06-22.07

    Bugun yangi hech narsa boshlamagan mayqul. Portlash havfi bo'lgan vaziyat ertagacha saqlanib qoladi. Bugun faqat ilgari qilgan ishlaringizni mukammallikka etkazishingiz mumkin.www.gor.uz

    Arslon 23.07-23.08

    Bugun sizga yuqori jismoniy faollik tavsiya etiladi. Zerikarli bo'lmasligi uchun esa ushbu foydali mashg'ulotga yana kimnidir jalb qiling.www.gor.uz

    загрузка...

    Parizod 24.08-23.09

    Bugun sizda go'zallikni his qilish tuyg'usi kuchayadi. Shu munosabat bilan odamlarga kamroq, bulutlarga esa ko'proq qaragan mayqul.www.gor.uz

    Tarozi 24.09-23.10

    Bugun siz har qanday sharoitga shunchalik oson moslashuvchan bo'lib ko'rinasizki, ayrimlar sizda o'zligingizni namoyon qilishda muammo bor deb o'ylashi mumkin. Bundan havotir olishga arzimaydi, muammo sizda emas, ularda.www.gor.uz

    Chayon 24.10-22.11

    Bugun siz odatdagidan ko'ra tashvishsizroq bo'lasiz, shu sababli yo'llarda ehtiyotkorroq bo'ling – ishqilib, mashina urib yubormasin.www.gor.uz

    O'qotar 23.11-21.12

    Bugun eng oddiy va tushunarli narsalar ham sizda og'ir hayrat va ozorli taajjub uyg'otadi. Miyani zo'riqtirish uchun bu eng yahshi kun emas, shuning uchun asab buzilishining oldini olish maqsadida uni hech narsa bilan toliqtirmagan mayqul.www.gor.uz

    Tog' echkisi 22.12-20.01

    Bugun ambitsiyalaringiz ko'lami aslo kichik maqsad qo'yishingizga yo'l qo'ymaydi. Hayollaringiz obyekti bugun kamida erishish qiyin, katta ehtimol bilan esa shunchaki noreal bo'ladi.www.gor.uz

    Qovg'a 21.01-18.02

    Do'stingiz sizning qo'llab-quvvatlashingizga muhtoj. Sizning mehringiz va yordam berishga tayyorligingiz u uchun juda muhim bo'ladi. Undan yuz o'girmang.www.gor.uz

    Baliq 19.02-20.03

    Bugun siz o'zingizni doimo mikroskop ostida kuzatilayotgan chumolidek his qilasiz. Barcha muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklaringiz jamoatchilikka ayon bo'ladi, buning ustiga aslo kichraytirilgan shaklda emas.www.gor.uz